Янгиликлар

#24_ta_masala

O'zLiDePdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov va Y.Axmedovlar tomonidan 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab binosining kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorligi, isitish tizimining holati, sinfxonalarda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavsumni betalafot va samarali o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz muhitni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kuz-qish mavsumini puxta tayyorgarlik bilan o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7