Mahalliy budjet va tashkiliy masalalar sessiyada ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 29-sessiyasida kun tartibidagi 4-5-6-7-8-masalalar yuzasidan Taxiatosh tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Allambergenovga so‘z berildi.
📌 Sessiyada quyidagi masalalar bo‘yicha hisobot va axborotlar tinglandi:
🔹 Tuman 2026-yil mahalliy budjetining 2-chorakda ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish;
🔹 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish;
🔹 Mahalliy budjetning maqbullashtirilgan mablag‘larini yetishmayotgan ish haqi xarajatlariga yo‘naltirish;
🔹 Tuman hokimining farmoyishini tasdiqlash;
🔹 Xalq deputatlari Kengashining 2026-yil 29-avgustdagi 7-22-70-13-215-K/26-son qarori 2-ilovasining 8-bandiga o‘zgartirish kiritish.
Mazkur masalalar tuman budjeti mablag‘laridan foydalanish hamda tegishli tashkiliy qarorlarni ko‘rib chiqish doirasida sessiya kun tartibiga kiritildi.