”Tashabbusli byudjet” loyihasi aholimizni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni hal etishda hamjihatlik bilan harakat qilishni, jamoaviy qarorlar qabul qilish hamda aholini byudjet mablag‘larini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida taqsimlanishida faol ishtirok etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
”Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi hamkorlikda tashabbusli byudjet 2025 yil birinchi mavsumi loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.