Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna 2025-yilning 2-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi.
R.Xidiyatullina tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilingan masalalar, tumanimizda olib borilayotgan ishlar va tashkilot rahbarlar faoliyati natijalari to'g'risida ma'lumot berdi.
Davlatimiz rahbarining tegishli topshiriqlari asosida mahallalarda O'zbekistonda mustaqillik bayrami munosabati bilan ,,Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki shiori ortida" 2025 yil 22-23 avgust kunlarida bo'lib o'tadigan umumxalq хayriya хashari o'tqazilishi targ'iboti bo'lib o'tdi.
Mahallada mavjud muammolar- uy tomlari va kirish yo'laklarini ta'mirlash, daraxtlar ekish, hovlilarni obodonlashtirish va sug'orish tizimini ta'mirlash kabi masalalar muhokama qilindi.