Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FAYZIOBOD MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA


FAYZIOBOD MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri,8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanovaning kunlik ish rejasiga muvofiq, Fayziobod mahallasida mahalla hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholiga ko‘maklashish borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, xonadonbay o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni hal etish, aholi daromadlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1