Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Chinor” mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati ko‘zdan kechirildi

“Chinor” mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 17-“Chinor” saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahalla “yettiligi” tarkibidagi ijtimoiy xodimning faoliyati, ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash tizimi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha o‘rganib chiqildi.