Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

23-sonli maktabning faollar zali va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

23-sonli maktabning faollar zali va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 17-“Chinor” saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida maktab direktori hamda biriktirilgan mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda muassasaning faollar zali ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimining sozligi va binoning mavsumga shayligi atroflicha o‘rganib chiqildi.