Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Chinor” mahallasida joylashgan 23-sonli maktabda qonunlar ijrosi va hamkorlik holati o‘rganildi

​“Chinor” mahallasida joylashgan 23-sonli maktabda qonunlar ijrosi va hamkorlik holati o‘rganildi

​
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 17-“Chinor” saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

​O‘rganish jarayonida maktab direktori hamda muassasaga biriktirilgan mas’ul tashkilot vakillari bilan hamkorlikda belgilangan qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, ta’lim jarayoniga yaratilgan shart-sharoitlar hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi.