Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

25-Yangiyer saylov okrugi deputati I. Qahharova tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 1