Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlash maslahat gurihi bilan hamkorlikda

Yoshlash maslahat gurihi bilan hamkorlikda

🥋 UYCHIDA USHU BO‘YICHA VILOYAT CHEMPIONATIGA START BERILDI
Uychi tumanidagi 2-son sport maktabida sportning ushu turi bo‘yicha Namangan viloyati chempionati o‘tkazilmoqda.

Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Uychi tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi M.Abdullayev, hamda sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh sportchilarni musobaqaning boshlanishi bilan qutlab, ularga kuch-g‘ayrat, muvaffaqiyat va munosib natijalar tiladilar.

Uch kun davom etadigan mazkur chempionatda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq yosh sportchi ushu bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etib, g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqa davomida sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, mahorat va texnik imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilib, yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar aniqlanadi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Sport — yoshlarni irodali, intizomli, jismonan baquvvat va maqsad sari qat’iyat bilan intiladigan avlod etib tarbiyalashda muhim omildir.

Slide 1 of 1