YORKATAY MAHALLASI “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
7-Yorkatay saylov okrugi deputati A. Mo‘ydinov tomonidan Yorkatay mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolarining aholi bilan ishlash faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish hamda aholi manfaatlari yo‘lida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.