Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
DEPUTAT TOMONIDAN “DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri amalga oshirildi.Nazorat tadbiri doirasida deputat o‘zi saylangan hududda joylashgan 33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik hamda turli to‘garaklarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish jarayonida maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, yoshlar ishtiroki, yaratilgan shart-sharoitlar hamda dastur doirasidagi tadbirlarning samaradorligi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud holat joyida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Deputatlik nazorati yakunlari “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini yanada samarali tashkil etish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda bu yo‘nalishdagi dolzarb masalalarni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha muhokama qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Slide 1 of 4