Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Saylovchilar bilan uchrashuv

Uchrashuv davomida dastlab o‘tgan chorak davomida amalga oshirilgan, deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi. Jumladan, yuborilgan deputatlik so‘rovlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan jami qarorlar, shundan normativ qarorlar, tuman Kengashida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda deputatning saylov okrugida amalga oshirilgan ishlari haqida batafsil axborot berildi.
📋 Shuningdek, deputat tomonidan deputatlik so‘rovlari asosida hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta'mirlash, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ichimlik suvi va elektr ta'minotini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar hamda ularning natijalari yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi.
🏢Uchrashuvda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi mas'ul xodimi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, "Toza hudud" tuman filiali, tuman suv yetkazib berish xizmati, suv ta'minoti, gaz ta'minoti hamda elektr ta'minoti korxonalari vakillari ishtirok etishdi.
💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas'ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.
🏢 Uchrashuvda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, "Toza hudud" tuman filiali, tuman suv yetkazib berish xizmati, suv ta'minoti, gaz ta'minoti hamda elektr ta'minoti korxonalari vakillari ishtirok etib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berishdi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma'lumot taqdim etdilar.
✅ Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5