Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida Shovot tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Rajabov Suxbat Arazmuxamedovichning 2025–2026-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
Hisobotda Prezidentimizning PF–88-son Farmoni hamda 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya ijrosi doirasida bolalar onkologik va onkogematologik kasalliklarini erta aniqlash, skrining tekshiruvlarini kengaytirish, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2026-yilning dastlabki oylarida minglab bolalar tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Aniqlangan kasallik holatlari bo‘yicha bemorlar ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yo‘naltirilib, ularga zarur tibbiy hamda moddiy yordam ko‘rsatildi.
Muhokamalar davomida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Kalandarov hisobot yuzasidan fikr bildirib, amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadi.
✅ Sessiya yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.