Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
BAHRIN MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 7-Bahrin saylov okrugi deputati M.Raimdjanov tomonidan Bahrin mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat tomonidan hududda belgilangan vazifalarning ijro etilishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallaga biriktirilgan soliq inspektori tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati ham atroflicha o‘rganildi. Jumladan, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar bilan ishlash, soliq intizomini mustahkamlash hamda aholi o‘rtasida soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarining tashkil etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish, hududlarda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholining muammolariga o‘z vaqtida yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3