Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish kunlari” profilaktik tadbiri
янв.21
Депутат иштирокида - ўқувчи ёшлар билан 8 декабрь – Конституция куни байрами муносабати билан тадбир бўлиб ўтди.
янв.21
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Депутат - Ўз сайланган худудидаги давлат мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига кўрилган тайёргарлик ишларини ўрганди.
янв.21
Deputat - o‘z xududidagi umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi va undagi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
#Депутат_фаолиятидан
янв.21
DEPUTAT - TIBBIYOTDA YANGI TEXNOLOGIYALAR VA TERAPIYA USULLARI” VII XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
Deputat - ma'naviy tadbirda ishtirok etdi va nutq so'zladi
янв.21
Депутат - Хотин-қизларга нисбатан зўравонликка барҳам бериш мақсадида навбатдаги маънавий-маърифий давра сухбати ўтказди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan
❇️NAVBATDAGI DOIMIY KOMISSIYa YIG'ILIShI

❇️NAVBATDAGI DOIMIY KOMISSIYa YIG‘ILIShI

  

    Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Ilxomjon Abduraxmonov olib bordi.

       Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar:

1. “Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 8-noyabrdagi VII-1-04-11-163-K/24-sonli qarori haqida; 

2. “Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida”gi 2025-yil 20-fevral kungi VII-5-25-11-163-K/25-sonli qarori haqida;

3. “Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilar oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini yanada oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish haqida”gi 29-yanvardagi VII-4-9-11-163-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

Doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibiga qo‘shimcha tarzda tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi, tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan “Joriy yilning 5 mart kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida korrupsiyani butunlay bartaraf etish yo‘lida belgilangan vazifalar to‘g‘risida”gi masala kiritilib, yig‘ilishda bildirilgan qat’iy fikrlar, tashabbuslarga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashni yosh avlod ongiga halollikni singdirishdan boshlash keraligini, maktablarda yoshlarni halollik va adolat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishligi ta’kidlanib, tuman Kengashi deputatlaridan o‘z saylov okruglarida korrupsiyani oldini olish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga chaqirdi. 

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilinib, Xalq deputatlari tuman Kengashining faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, har bir deputatning reglament va deputatlik odob-axloqiga ko‘ra mas’uliyat bilan faoliyat olib borgan holda yondashish orqali, saylovchilar ishonchini oqlay olishliklari mumkinligi ta’kidlanib, ishtirok etgan deputatlardan saylovchilar ishonchini oqlash yo‘lida faol va fidoiy bo‘lishga chaqirib qolindi.

Slide 1 of 4