Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari Gulirano Masharipova va Rustamboy Baltayevlar tomonidan Urganch shahrida joylashgan 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Tashrif davomida ta’lim muassasasidagi sinf xonalari, dunyoviy fanlar laboratoriyalari, isitish tizimi, elektr va suv ta’minotining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, bolalar xavfsizligi va sog‘lom ta’lim muhitini ta’minlash maqsadida yoritish vositalari, yong‘in xavfsizligi jihozlari, birlamchi tibbiy xizmat xonalari ham alohida o‘rganildi. Maktab ma’muriyati bilan suhbatda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham tinglandi. Deputat Gulirano Masharipova zimmasiga yuklangan deputatlik nazorati doirasida qish mavsumi davomida
ta’lim jarayoni uzluksiz va xavfsiz tashkil etilishi uchun mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishini bu borada xamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Shundan so‘ng mamktabning yuqori sinf o‘quvchilariga xorijiy tillarni qanday qilib tez va oson o‘rganish yuzasidan shu soha mutaxassisi sifatida o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi. Suhbat davomida o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari borligi. bu borada deputat tavsiyalariga amal qilishlarini o‘quvchi yoshlar aytib o‘tdilar.