Urganch davlat tibbiyot institutida taniqli o‘zbek olimi, tibbiyot fanlari doktori, professor, AQSh Nyu-York Fanlar akademiyasi a’zosi, Rossiya Tibbiyot-texnika fanlar akademiyasi akademigi marhum Do‘schanov Baxtiyor Allaberganovich xotirasiga bag‘ishlab byust o‘rnatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ustozning yaqinlari, hamkasbi shahar Kengashi deputati R.Abdullayev, farzandlari, shogirdlari, qadrdonlari hamda institut jamoasi ishtirok etdi. Marosim davomida Baxtiyor Allaberganovich xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng uning sermazmun hayoti, fidokorona mehnati va qoldirgan ilmiy merosi haqida iliq so‘zlar aytildi.