Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov shahardagi “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faolining bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
💬 Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, xotin-qizlar faolining ish faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida tahlil qilindi.
💬 Tahlil davomida quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
🟢Tazyiq va zo'ravonlik profilaktikasi: Mahalladagi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish borasida olib borilayotgan tizimli choralar;
🟢Himoya orderlari bilan ishlash: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga berilgan himoya orderlarining ijrosini ta’minlash va ularni doimiy monitoring qilib borish holati;
🟢Nizoli xonadonlar bilan ishlash: Mahalladagi notinch va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish, ularga huquqiy hamda ruhiy yordam ko‘rsatish tizimi;
🟢"Ayollar daftari" va manzilli ko'mak: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz hamda tazyiqqa uchragan ayollarning bandligini ta'minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jarayoni.
🫥O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash hamda nizoli xonadonlar bilan ishlashda profilaktika inspektori va mahalla yettiligi hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan xotin-qizlar faoliga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.