✅ Joriy o‘quv yilida 56 ta umumta’lim maktabida mavjud 1 ming 117 ta sinfxonasida 41 ming 265 nafar o‘quvchi ta’lim oldi.
✅ Ta’lim maskanlarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, o‘quvchilar va pedagoglar jamoasiga munosib sharoit yaratish maqsadida barcha maktablar xatlovdan o‘tkazildi. Ularni joriy ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallariga talab va ehtiyoj o‘rganildi.
✅ Talab-ehtiyojga muvofiq: 500 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, zarur qurilish-ta’mirlash materiallari xarid qilindi va maktablarga yetkazib berildi.
✅ Mazkur ezgu tashabbus orqali nafaqat maktablarni joriy ta’mirlash, balki ota-onalardan pul yig‘ish bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish ham ko‘zda tutilgan.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi