Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 7-Shirinbuloq saylov okrugi deputati A.Dadajonov tomonidan Shirinbuloq MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📋 Uchrashuvda fuqarolarning ijtimoiy yordam ajratish va aliment to‘lovlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi hamda o‘rganildi.
📨 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
📌 Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.