MAHALLADA OBODONLAShTIRISh IShLARI DEPUTAT NAZORATIDA
🏛 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 6-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Sh.Ramazonova tomonidan “Bog‘ibaland” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi.
🚜 Hududda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yo‘l bo‘yidagi irrigatsiya tarmoqlarini betonlashtirish hamda ariqlarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Deputat tomonidan qurilish-montaj ishlari sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan nazorat olib borildi.
📌 Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla ko‘rinishini yanada obod etish, yo‘l va suv bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.