Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari Jaloliddin Manguberdi haykali yonida ochiq muloqot va fikr almashuv uchrashuvini o'tkazdilar.
Ochiq tabiat bag‘rida tashkil etilgan ushbu uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi loyihalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Mardlik, jasorat va Vatanga sadoqat timsoli bo‘lgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykali yonida o'tkazilgan muloqot yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda yurt taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Yoshlar maslahat guruhi a'zolari tomonidan hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator g‘oyalar ilgari surildi.