Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari D.Boboqozoqov, E.Sattarov tomonidan Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’yicha O’smat va Nurobod mahallalari o’rtasida Zakovat intellektual o‘yini o’tkazildi.
Tadbirda faol, bilimga chanqoq yoshlar ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy hamkorlikda o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuv qizg‘in va raqobatbardosh ruhda o‘tdi.
🏆 G‘olib va faol ishtirokchilar munosib tarzda e’tirof etildi.