Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova ishtirokida Jingavuz mahallasida istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlar bilan uchrashuv va samimiy muloqot tashkil etildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — xotin-qizlarning muammolarini joyida oʻrganish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.
Deputat N.Sharipova xotin-qizlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat va muammoni alohida nazoratga oldi. Ularni qisqa muddatlarda qonuniy hal etish boʻyicha mahalla "7 ligi" hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
"Ayollari eʼzozlangan, xotin-qizlari baxtli boʻlgan jamiyatda doimo qut-baraka va yuksalish boʻladi", — deya taʼkidladi deputat oʻz soʻzida.