Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayevning tashabbusi bilan hududdagi dolzarb muammoli masalalarni o‘rganish va fuqarolarning murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv shahardagi “Tozabog‘” mahallasida tashkil etildi.
Mazkur ochiq muloqotga Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati F.Sa’dullayeva hamda shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyevlar taklif etilib, aholi tomonidan ko‘tarilgan har bir masala atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan hamkorlikda mahallani obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyatini jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shundek, hududdagi qurigan daraxtlarni tartibga keltirish va kesib olish bo‘yicha Ekologiya bo‘limi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.