Yangiliklar

AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

🔹Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida hududlarni rivojlantirishga doir muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

🔹Kun tartibida Farg‘ona tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026 yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda hududlarda elektr ta’minoti holatini o‘rganish yuzasidan deputatlik guruhi axboroti muhokama qilindi.

🔹Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari ishtirok etdi. Masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitilib, taklif va mulohazalar bildirildi.

🔹Xususan, tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Omonova, D.Karimov, A.Xamdamov, F.Abdusalomovlar birinchi masala bo‘yicha o‘tkazilgan manzilli o‘rganishlar asosida shakllantirilgan dastlabki ro‘yxatni qo‘llab-quvvatladilar.

🔹Ikkinchi masala doirasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Raximov aholini elektr ta’minoti bilan ta’minlashda ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari asosida yuborilayotgan deputatlik so‘rovlariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

🔹Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 6