Uchrashuvda, mahalla yettiligi a’zolarining har biri, jumladan, MFY raisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori bilan suhbatlashib, faoliyat yo‘nalishi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Mahalladagi sharoiti og‘ir xonadonlar aniqlanib, mahalla raisi va xotin-qizlar faoli bilan birgalikda joyida TashGu TashPi 1/72 xonadonda yashovchi fuqaro G.Karimova xonadoniga tashrif buyurib, murojaati o‘rganildi.
️Shuningdek, 29 ta ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, tahlil qilindi. Ko‘p qavatli uylarning yer to‘la qismi ko‘zdan kechirildi.