Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-IYUN - BUTUN JAXON XALQARO TAJAVUZ QURBONI BO'LGAN BEGUNOH BOLALAR KUNI
янв.21
KUN TARTIBIGA TAKLIF TAYYORLANDI
янв.21
"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA
янв.21
HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI: FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA KO‘CHALARNI TA’MIRLASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
3-IYUN BUTUN JAHON VELOSIPEDLAR KUNI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA NAVBATDAGI OCHIQ ZOVUR YOPIQ DRENAJ TIZIMIGA AYLANTIRILADI
янв.21
YANGIOBOD MAHALLASIDA DRAYVER LOYIHA: NAVBATDAGI OCHIQ ZOVURNI YOPIQ DRENAJGA AYLANTIRISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
JAMBUL MAHALLASIDAGI LOYIHA IJROSI NAZORATGA OLINDI: ISHLAR JADALLASHTIRILMOQDA
Samarqand – xalqaro hamkorlik va do‘stlik poytaxti

Bugun Samarqand yana bir bor jahon e’tiborida. 25–26 avgust kunlari yurtimizda Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Oliy darajadagi ushbu sammit O‘zbekistonning jahon maydonidagi tobora ortib borayotgan nufuzidan dalolat beradi.

Samarqand qadimdan sivilizatsiyalar chorrahasi, savdo va diplomatiya markazi bo‘lib kelgan. Bugun esa bu shahar zamonaviy xalqaro siyosiy muloqotlar, iqtisodiy kelishuvlar va madaniy aloqalar maydoniga aylanmoqda.

Sammit doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi. Iordaniya kabi muhim hamkor bilan yangi loyihalar amalga oshirilishi O‘zbekiston iqtisodiyoti, xususan, investitsiya va innovatsiya sohalarida yangi ufqlar ochishi shubhasiz.

Eng muhimi, bu kabi uchrashuvlar davlatlararo do‘stlik va ishonchni mustahkamlaydi. Shu orqali xalqimiz uchun yangi ish o‘rinlari, sifatli xizmatlar, zamonaviy texnologiyalar va qulay imkoniyatlar eshigi ochiladi.

Prezidentimizning tashabbuslari tufayli bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi emas, balki butun dunyo miqyosida ham ochiq, do‘stona va ishonchli hamkor sifatida tanilmoqda.

Demak, Samarqanddagi ushbu sammit – nafaqat siyosiy voqea, balki xalqimiz hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi, kelajakka ishonch va taraqqiyot olib keluvchi tarixiy qadamdir.

Xalq deputatlari Payariq tumani kengashi deputati N.Parmanova. 

Slide 1 of 1