DMTTda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining holati hamda moddiy-texnik bazaning ahvoli ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida tarbiyachilar tomonidan bildirilgan takliflar tinglandi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilish rejalashtirildi.
MFY binosida esa mahalla raisi, faollar va aholining murojaatlari eshitildi. Fuqarolar tomonidan uy-joy ta’miri, ichimlik suvi, yo‘llarni ta’mirlash, bandlik va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Deputat ushbu masalalarni o‘rganib, hal qilish yuzasidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi.
Feruza Yusupova saylovchilarning har bir murojaati e’tiborsiz qolmasligini, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Deputatning bu kabi o‘rganish ishlari saylovchilar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va mahallalardagi muammolarni joyida hal etishga xizmat qilmoqda.