Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.

Yaqinda poytaxtimizdagi Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso o‘rtasida samarali muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Qishloq xo‘jaligi, sanoat kooperatsiyasi, metrologiya va standartlashtirish, energetika bozorlarini tartibga solish, hamda diplomatik kadrlar tayyorlash borasidagi kelishuvlar muzokaralarning asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi.
So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ortib, sanoat va texnologiya sohalarida hamkorlik tobora chuqurlashib borayotgani
etirof etildi
Samarali o‘tgan muloqotlar endilikda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 1