Murojaatlar bilan ishlash jarayoni bugungi kunda faoliyat samaradorligini aniqlashning eng muhim vositasi hisoblandi. Shuni inobatga olgan holda xalq deutatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Polvon Ataxonovich Ro‘ziboyev murojaatlarga alohida e’tibor bilan yondashmoqda.
Ayni kunda xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati P.A.Ro‘ziboyev 23-Do‘stlik saylov okrugida bo‘lib, hududdagi muammolar bo‘yicha murojaatlarni o‘rgandi.
Jumladan, shu hududdagi Namangan ko‘chasida qurilish va daraxt butalaridan tashkil topgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish yuzasidan murojaat qilindi. Deputat ushbu murojaatni belgilangan tartibda hal etilishini bildirdi.
Shuningdek, hududda ekin maydonlarini sug‘orish masalasidagi muammolar, nasos moslamasini ishlatish hamda nosoz poliv(sug‘orish tizimi)larni ta’mirlash borasidagi har bir murojaatni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganib, ijobiy hal etilmoqda.