KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori asosida tashkil etildi.
Komissiya a’zolari to‘liq ishtirok etgan yig‘ilishda “Payariq tumanini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.
Muhokama davomida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|