#Biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Isroilova ishtirokida xotin-qizlar bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, kasb-hunarga o‘rgatish hamda o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirish va oilalar farovonligini mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|