Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi

Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi

Xazrati Bob va Ug‘ursoy mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati, tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev hududda bo‘lib, PQ-48-sonli qaror asosida ajratilgan 2 milliard 452 million so‘m mablag‘ hisobidan olib borilayotgan ishlarning borishi bilan tanishdi.

Ko‘p qavatli uylar atrofida beton yo‘laklar barpo etish, irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va aholiga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda ijro holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ishlarni sifatli, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda hududni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratish vazifalari belgilab berildi.

Slide 1 of 6