Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Shermatov Shahriobod mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi U.Sobirovning faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, aholi daromadlarini
oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, xonadonbay ishlash tizimi asosida fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
Deputat A.Shermatov mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. 

Slide 1 of 3