Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA MUROSASIZ YONDASHUV — SARDОBA TUMANIDAGI HOLAT MUHOKAMADA

Sayyor majlisda tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Afsuski, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramay, tuman hududida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga hali to‘liq barham berilmagan.
Joriy yilning 7 oyida korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan 9 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 15 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 nafarga ko‘p. Mansabdorlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlariga 729,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan bo‘lib, shundan 679,2 mln so‘mi yoki 93 foizi tergov jarayonida undirib olingan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning: 11 nafari o‘zganing mulkini talon-toroj qilish; 1 nafari pora berish; 1 nafari firibgarlik; 2 nafari hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish jinoyatlarini sodir etgan.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, maktabgacha va maktab ta’limi, madaniyat, suv xo‘jaligi hamda bandlik kabi sohalarda korrupsiya va mansabdorlik bilan bog‘liq jinoyatlar yuqoriligicha saqlanib qolayotgani qayd etildi. Majlisda madaniyat sohasidagi holatga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Sardoba tumanidagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabida mansabdor shaxslar tomonidan budjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyatida imtiyozli va maqsadli kredit mablag‘laridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar ham muhokama qilindi. Joriy yilning 7 oyida ushbu yo‘nalishda 1 ta korrupsiyaviy jinoyat aniqlanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 127,1 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani qayd etildi.
P.Axmedjanova majlis davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va jazolash bilan cheklanib qolmasdan, korrupsiyaga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda har bir sohada shaffoflikni ta’minlash zarurligiga alohida urg‘u berdi.
Hududiy Kengash raisi tomonidan mas’ul rahbarlarga korrupsiyaviy xavflarni chuqur tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, budjet va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Sayyor majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
P.Axmedjanova: “Korrupsiyaga qarshi kurash — alohida tashkilotning emas, butun tizimning doimiy va qat’iy vazifasi.”

Slide 1 of 9