Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2023-yildagi faoliyati to'g'risida.

 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashida bugungi kunda 30 nafar deputatlar faoliyat yuritayotgan boʻlib,
deputatlaridan 21 nafarini erkaklar, 9 nafarini ayollar tashkil etadi.
  

Oʻtgan davr mobaynida xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi tomonidan 17 marotaba sessiyalar oʻtkazilgan va ushbu sessiyalarda 158 ta masala koʻrib chiqilgan. Oʻtkazilgan sessiyalarda 139 marotaba mutasaddi tashkilot va korxonalarn hisobotlari hamda axborotlari (72 marotaba hisobot va 18 marotaba axborot) tinglangan, sessiyalarda koʻrib chiqilgan masalalardan 3 tasi muhokama etilgan boʻlsa, 3 tasi nazorat tahlil tadbirlar, 5 tasi vakolat doirasidagi, 8 tasi hokimning qarorlari tasdiqlangan, 49 tasi boshqa masalalar koʻrib chiqilgan. 

Eshitilgan 72 ta hisobotlarning 1 tasi hokim hisoboti, 15 ta hokim o‘rinbosarlari, 4 ta sektor rahbarlari, 2 ta prokuror, 9 ta ichki ishlar, 6 ta moliya, 3 ta soliq, 6
ta sog‘liqni saqlash va 26 ta boshqa hisobotlar eshitilgan.
  

Eshitilgan 18 ta axborotdan 2 tasi Adliya, 4 ta Sud, 12 ta boshqa axborotlar eshitildi. 

Yangi targ‘ib qilingan qonunlar 4 ta, o‘tkazilgan targ‘ibotlar soni 49 ta. 

OAVda yoritilgan sessiyalar soni 17 ta shundan onlayn tarzida yoritilgan sessiyalar soni 17 ta. 

E-qaror tizimi orqali e’lon qilingan qarorlar 158 ta, normativ-huquqiy tusdagi qarorlar 8 ta, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan qarorlar 3 ta.  

Shuningdek, xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari tomonidan joriy yil 49 marotaba mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik soʻrovlari yuborilgan. 

2023-yil davomida Kotibiyat mudiri va deputatlar tomonidan xalq bilan 51 ta uchrashuvlar o‘tkazilgan, aniqlangan muammolar 130 ta, shulardan 118 tasi hal etilgan. 

Yuridik va jismoniy shaxslarning jami 130 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib 118 tasi hal etilgan, 12 tasiga tushuntirish berilgan. 

Deputatlarning ommaviy axborot vositalaridagi 76 marotaba chiqishlari mahalliy va respublika televideniya, radiyo, bosma nashrlarda ommaga yoritilib borilgan. 

   

Slide 1 of 1