Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining 2023-yildagi faoliyat to‘g'risida.

Xalq deputatlari Samarqand tumani
Kengashining 2023-yildagi faoliyat to‘g'risida.
 

Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashida bugungi kunda 30 nafar deputatlar faoliyat yuritayotgan boʻlib, deputatlaridan 22 nafarini erkaklar, 8
nafarini ayollar tashkil etadi.
Oʻtgan davr mobaynida xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi tomonidan 17 marotaba sessiyalar oʻtkazilgan va ushbu sessiyalarda 125 ta masala koʻrib chiqilgan. Oʻtkazilgan sessiyalarda 71 marotaba mutasaddi tashkilot va korxonalarning
hisobotlari hamda axborotlari (71 marotaba hisobot va 16 marotaba axborot) tinglangan, hamda 38 tasi boshqa masalalar koʻrib chiqilgan.
Eshitilgan 71 ta Hisobotlarning 3 tasi hokim hisoboti, 15 ta hokim o‘rinbosarlari, 4 ta sektor rahbarlari, 3 ta prokuror, 5 ta ichki ishlar, 3 ta moliya, 1 ta soliq, 1
ta sog‘liqni saqlash va 37 ta boshqa hisobotlar eshitilgan.
Eshitilgan 16 ta axborotdan 3 tasi Adliya, 3 ta Sud, 10 ta boshqa axborotlar eshitildi. Yangi targ‘ib qilingan qonunlar 1 ta, o‘tkazilgan targ‘ibotlar soni 146 ta. OAVda yoritilgan sessiyalar soni 17 ta shundan onlayn tarzida yoritilgan sessiyalar
soni 15 ta.
E-qaror tizimi orqali e’lon qilingan qarorlar 125 ta, normativ-huquqiy tusdagi qarorlar 6 ta, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan qarorlar 6 ta. Shuningdek,
xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi deputatlari tomonidan joriy yil 71 marotaba mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik soʻrovlari yuborilgan.
2023-yil davomida Kotibiyat mudiri va deputatlar tomonidan xalq bilan 175 ta uchrashuvlar o‘tkazilgan, aniqlangan muammolar 173 ta, shulardan 165 tasi hal
etilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslarning jami 48 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib 44 tasi hal etilgan, 4 tasiga tushuntirish berilgan. Deputat
vakolatini muddatidan oldin tugatilgan deputatlar soni 1 nafar (o‘z ixtiyoriga ko‘ra) tashkil etadi.
Deputatlarning ommaviy axborot
vositalaridagi 174 marotaba chiqishlari mahalliy va respublika televideniya, radiyo, bosma nashrlarda ommaga yoritilib borilgan.
 

Slide 1 of 1