#sessiyadan_jarayonlar
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi
📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 31-sessiyasida kun tartibidagi masalalardan biri — Uchtepa tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda “Ayollar daftari” orqali amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
🇺🇿 Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Aripova Maktuba Kabulovna tomonidan tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda “Ayollar daftari” orqali amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.
📇 Ushbu masala xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash maqsadida ham muhokama qilindi.
📂 Deputatlar tomonidan hisobotni ko‘rib chiqish yakunida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish hamda mas’ul idoralar faoliyatini yanada muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
🧠 Mazkur chora-tadbirlar xotin-qizlarning turmush darajasi va ijtimoiy faolligini oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash, gender tenglikni mustahkamlash hamda hududning barqaror ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi.