Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi
янв.21
Diydor mahallasida murojaatlar va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
A.Sog‘uniy mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
Tuman hokimining hisoboti eshitildi

#sessiyadan_jarayonlar

Tuman hokimining hisoboti eshitildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi birinchi masala — Uchtepa tumanida yangi tizimda rivojlanishning 2026-2027-yillarda amalga oshiriladigan strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

📈 Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi Mamadjanov Bunyod Baxtiyorovich tomonidan Uchtepa tumanida 2026-yilda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya va eksport hajmlarini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan chora-tadbirlar asosida 2027-yilda tuman iqtisodiyotini yanada yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi yuzasidan hisobot taqdim etildi.

↗️ Hisobot davomida B.Mamadjanov tomonidan oldimizga qo‘yilgan asosiy maqsad — tuman iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoit yaratish, aholi daromadlarini oshirish va Uchtepa tumanini savdo, xizmat ko‘rsatish, sanoat, turizm hamda zargarlik sohalari bo‘yicha poytaxtning yetakchi hududlaridan biriga aylantirishdan iboratligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 4