Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi
янв.21
Diydor mahallasida murojaatlar va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
A.Sog‘uniy mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi

#sessiyadan_jarayonlar

Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 31-sessiyasida kun tartibidagi masalalardan — Uchtepa tumani adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati yuzasidan axboroti ko‘rib chiqildi.

🇺🇿 Mazkur masala yuzasidan tuman Adliya bo'limi boshlig'i Shamsiddin Amonov tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axborot berdi.

🕯 Mazkur masala tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari talablarining to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi, huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash maqsadida muhokama qilindi.

📝 Ushbu axborotni ko‘rib chiqish natijasida norma ijodkorligi sifatini oshirish, qonunchilik ijrosini ta’minlash, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, huquqni qo‘llash amaliyotini yagona yondashuv asosida tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

📈 Mazkur chora-tadbirlar hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish va fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4