Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
янв.21
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi
янв.21
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash — doimiy e’tiborda

Uchrashuv davomida mahallada favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati hamda profilaktik targ‘ibot ishlarining samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, hududdagi mavjud xavf omillarini bartaraf etish, fuqarolar o‘rtasida ogohlantirish va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Mazkur nazorat va o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ–790-son Qonuni ijrosini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududlarda qonunlar ijrosini ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash va mas’ul tashkilotlar faoliyatini deputatlik nazorati asosida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.