Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatanparvar mahallasida aniqlangan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi
янв.21
Amaliy natija - muammo bartaraf etildi
янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
янв.21
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi
янв.21
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
#munosabat

“Rektorlar maktabi” dasturining yo‘lga qo‘yilishi oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqadigan muhim tashabbusdir. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy bilim va boshqaruv ko‘nikmalariga ega, strategik fikrlaydigan rahbarlar boshqarishi davr talabi hisoblanadi.
🔹Davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori lavozimiga nomzodlarni maxsus dastur asosida tayyorlash orqali rahbar kadrlarning salohiyati oshiriladi, ta’lim sifati, ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning zamonaviy bilim olishi va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
🔹Biz deputatlar ham ta’lim sohasidagi islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki mamlakat taraqqiyoti, avvalo, sifatli ta’lim va malakali rahbar kadrlar bilan chambarchas bog‘liq. “Rektorlar maktabi” dasturi ana shunday yuksak maqsadlarga xizmat qiladigan muhim loyihalardan biri bo‘lib, uning amaliy natijalari oliy ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.