Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
янв.21
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi
янв.21
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Muyassar Yuldasheva tomonidan “Shaxrisabz” mahallasida deputatlik faoliyati yuzasidan joriy yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha axborot berildi.

Uchrashuvda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatining ishonchli vakili, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mas’ul xodimi, O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, mahalla yettiligi va faollari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda deputat Muyassar Yuldasheva yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq deputatlar yil davomida saylovchilar oldida muntazam axborot berib borishi belgilanganini ta’kidlab, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot taqdim etdi.


Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar va takliflarini bildirdilar. Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3