Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
янв.21
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi
янв.21
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi
Deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchalari yanada obod bo‘lmoqda

#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🎠 Deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchalari yanada obod bo‘lmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev o‘z saylov okrugiga kiruvchi “At-Termiziy” MFY hududida bo‘lib, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi mas’ullari hamda mahalla faollari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari asosida hududdagi bolalar maydonchalari va infratuzilma holatini joyida o‘rgandi.

🔺 O‘rganish davomida yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirildi. Mazkur maydoncha deputat tashabbusi bilan shahar Kengashi deputatlariga hudud ichki infratuzilmasini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘ hisobidan 100 million so‘m yo‘naltirilishi natijasida barpo etilgan. Undagi o‘yin qurilmalarining sifati, xavfsizlik talablari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha baholandi.

🔎 Shuningdek, mahalladagi yana bir bolalar maydonchasida mavjud kamchiliklar joyiga chiqib o‘rganildi. Maydonni tekislash, eskirgan o‘yin qurilmalarini zamonaviylari bilan almashtirish, hududni xavfsizlik panjaralari bilan o‘rash hamda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan aniq vazifalar belgilandi.

🏗 Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan foydalanilmayotgan garajlarni bosqichma-bosqich olib tashlash, bo‘shayotgan hududlarni obodonlashtirish hamda aholi va transport harakati uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

📝 O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga qayd etilib, ularning barchasi deputatlik nazoratiga olindi. Zarur masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, tegishli choralar ko‘rish hamda sessiya muhokamasiga kiritish uchun Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etiladi.

🤝 Deputat Otabek Jiyanboyev bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish hamda mahallalarda qulay yashash muhitini yaratish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10