Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatanparvar mahallasida aniqlangan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi
янв.21
Amaliy natija - muammo bartaraf etildi
янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
янв.21
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi
янв.21
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining Namunaviy odob-axloq qoidalari deputatlik faoliyatida xolislik, halollik va shaffoflikni ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olishga alohida e'tibor qaratadi.

📌 34-bandga ko‘ra, deputat o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, har qanday vaziyatda beg‘araz va xolis bo‘lishi shart.

Agar Kengash sessiyasi, doimiy komissiya yoki partiya guruhi majlisida deputatning o‘zi yoki uning yaqin qarindoshlari shaxsiy manfaatdor bo‘lgan masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, deputat bu haqda majlisga raislik qiluvchini darhol xabardor qilishi lozim. Bunday holatlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida raislik qiluvchi deputatning mazkur masala muhokamasida so‘zga chiqish huquqini cheklashi mumkin.

35-bandga muvofiq, deputat o‘z vakolatlarini jismoniy yoki yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga ulardan har qanday sovg‘a olishi taqiqlanadi.

Biroq deputat:

  • Kengash qarori asosida alohida xizmatlari uchun;
  • musobaqa va tanlovlarda erishgan yutuqlari uchun;
  • davlat bayramlari va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan;
  • xizmat safarlari, xalqaro yoki xorijiy delegatsiyalar ishtirokidagi rasmiy tadbirlar davomida sovg‘alar olishi mumkin.

Shu bilan birga, xizmat safari yoki xalqaro rasmiy tadbirlar davomida olingan sovg‘aning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan oshmasligi lozim. Ushbu miqdordan ortiq qiymatdagi sovg‘alar Kengash mulki hisoblanadi va belgilangan tartibda Kengashga topshirilishi shart.

36-bandga asosan, deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi hamda korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikning oldini olishi shart.

Agar deputat korrupsiya holatlari yoki shunday xavf mavjudligi haqida ma'lumotga ega bo‘lsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi, Kengash yoki uning organlari rahbarlarini, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilishi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishi lozim.