Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
янв.21
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi
янв.21
Kun tartibidagi keyingi masala muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimining hisoboti eshitildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi
Xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy va ma’naviy targ‘ibot ishlari olib borildi

Qo‘qon shahar "Davronbek" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli S.Maxmudova hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov ishtirokida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi targ‘ibot va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Xususan, Shohruxobod ko‘chasi 47/15-uyda yashovchi fuqaro Z.G‘ayibnazarova bilan yakka tartibda suhbat tashkil etilib, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, milliy liboslarni keng targ‘ib etish, kiyinish madaniyatiga rioya qilish hamda jamoat joylarida odob-axloq me’yorlariga mos kiyinish madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-sonli "Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Fuqaroga ayollar va bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha davlat tomonidan yaratilgan huquqiy mexanizmlar, mavjud himoya choralari hamda zarurat tug‘ilganda murojaat qilish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1