Uchrashuv davomida hududda soliq to‘lovlari intizomini mustahkamlash, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda soliq qarzdorliklarini qisqartirish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.
Shu bilan birga mahallada obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, ko‘chalar va umumiy hududlarni tartibga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, qishloq va mahalla ichki yo‘llarini tozalash, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish, yashil hududlarni asrash va kengaytirish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, aholi dam olish joylari qatorida bo‘lgan qabriston atrofini tozalash, obod qilish va muntazam parvarishlash ishlarini tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.