Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
O‘tkir mahallasida "Mahalla yettiligi" bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda issiq va sovuq suv bilan uzluksiz ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

🇺🇿 O‘rganish xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Ulug‘bek Begjanov hamda Ibrohimjon Abdullayev ishtirokida, shuningdek, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassis Umidbek Abilov hamda "mahalla yettiligi" a'zolari bilan birgalikda olib borildi.

🗂 Deputatlik nazorati davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-939-son "Elektr energetikasi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda elektr energetikasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

⚡️ Xususan, 2056-sonli transformator punkti (TP) orqali o‘tuvchi eskirgan elektr tarmoqlari zamonaviy SIP (o‘zini o‘zi ushlab turuvchi izolyatsiyalangan sim) tarmoqlariga almashtirilmoqda. Mazkur loyiha natijasida 50 dan ortiq xonadon sifatli va barqaror elektr ta'minoti bilan qamrab olinadi, elektr tarmoqlaridagi texnik yo‘qotishlar kamayadi hamda elektr ta'minotining ishonchliligi yanada oshiriladi.

⚙️ Ta'kidlanganidek, Toshkent shahrida, jumladan Uchtepa tumanida elektr energetikasi infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan manzilli dasturga Shofayzbog‘, Degrez, Bog‘ichinor, Nishabariq, Bekobod, Istirohat va Ibrat mahallalari kiritilgan. Mazkur dastur doirasida eskirgan transformatorlar, elektr uzatish tarmoqlari va kabellar bosqichma-bosqich yangilanib, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

🧠 O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7